Koronavirusning eng yuqumli shtammi ma’lum qilindi

COVID-19 delta varianti aniqlangan koronavirus shtammlari orasida eng yuqumlisi hisoblanadi. U emlanmagan aholi orasida tez tarqalmoqda, deya ma’lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda.

«Delta varianti aniqlangan barcha COVID-19 shtammlari orasida eng yuqumlisi sanaladi. U 85 mamlakatda qayd etilib, emlanmagan aholi orasida tez tarqalmoqda», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hozirgi kunda butun dunyoda COVID-19 infeksiyasining ko‘payishini kuzatmoqda, bu esa o‘limlar sonining oshishiga olib kelishi mumkin. Yangi holatlar ko‘payishi bemorlarning shifoxonaga joylashish soni ortishiga olib keladi. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimi va tibbiyot xodimlari zo‘riqishiga sabab bo‘ladi. Pirovard natijada o‘lim xavfini oshiradi, deya qo‘shimcha qildi JSST rahbari.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring