Koronavirusning delta shtammi dominantga aylanmoqda

Dunyo bo`ylab so`nggi 60 kun ichida qayd etilgan 900 ming koronavirus holatlarining deyarli barchasi Delta shtammiga tegishli.  

 Koronavirusning Delta shtammi barcha holatlarning 99 foizini tashkil qiladi va butun dunyo bo`ylab dominant variantga aylanmoqda. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti texnik direktori Mariya Van Kerxove ma`lum qildi, deb yozadi CNBCga tayanib Zamon.uz

Uning so`zlariga ko`ra, dunyo bo`ylab so`nggi 60 kun ichida qayd etilgan 900 ming koronavirus holatlarining deyarli barchasi Delta shtammiga tegishli. 

Реклама на Unews

Tashkilot vakiliga ko`ra, Evropada koronavirusdan o`lim ko`paygan.   Dunyoda esa so`nggi to`rt haftada ketma-ket COVID-19 bilan kasallanganlar soni ortgan. Bu holat bevosita mazkur shtammning dominantga aylanayotgani bilan bog`liq.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring