Koronavirusning asosiy jumbog‘i yechildi

Yel universiteti (AQSh) olimlari koronavirus tufayli erkaklar nima uchun ayollarga qaraganda ikki baravar ko‘proq vafot etishi sabablarini tushuntirib berishdi. COVID-19ning og‘ir simptomlari rivojida jinsiy tafovutlar jumbog‘ini hal qilish masalasi Science jurnalida bayon qilingan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Tadqiqotchilar so‘zlariga ko‘ra, ayollarda immun tizimi uchun javob beradigan, genlarga boy bo‘lgan ikkita X-xromosoma bo‘ladi. Garchi X-xromosomalarning biri genlarning dozali kompensasiyasi mexanizmi tufayli kuchsizlangan bo‘lsa-da, DNKning ma’lum qismi tug‘ma immun tizimini faollashtirish imkoniga ega.

Shuningdek, ayollar organizmida ishlab chiqariladigan esterogen gormoni koronavirusning hujayraga kirib o‘rnashishiga yordam beradigan ASE2 reseptorini bloklash xususiyatiga ega. Olimlarning aytishicha, erkaklarning androgen gormoni virusning hujayrani zararlash xususiyatni kuchaytiradi.

Реклама на Unews

Oltmish yoshdan oshgan erkakarda immun tizimining SARS-CoV-2ga qarshi javob reaksiyasi pasaya boradi. Biroq ularda immun tizimidagi boshqa molekulalarning haddan ortiq ta’sirchanligi shamollashning o‘ta og‘ir ko‘rinishlariga sabab bo‘ladi. Sitokinlar hujumi deb nomlanadigan bu jarayon hatto o‘limgacha olib borishi mumkin.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring