Koronavirusning 5 bosqichi: qaysi darajada qanday davo choralari ko`riladi?

Ko`pchilik o`zida koronavirus xastaligi belgilari paydo bo`lganda undan hadiksiragani yoki o`z salomatligiga loqaydligi tufayli “shamollabman, shekilli”, “ko`z tegdimi deyman, mazzam bo`lmayapti” deb xotirjamlikka beriladi. Yo bo`lmasa, ushbu hastalikning turli bosqichlaridan habari bo`lmagan kishilar “virusni yuqtirgan bo`lganimda yotib qolishim kerak edi”, deya koronavirusning ilk bosqichlarini oyoqda o`tkazib yuborishadi. Oqibatda esa, vaqtida uy sharoitida davolanib, kasallikni engib ketishi mumkin bo`lgan bemorlar ahvoli o`ta og`ir holatga kelib qolib, stansionar davolanishga majbur bo`ladi. Ho`sh, koronavirus hastaligining qanday bosqichlari bor, kasallikning qaysi darajalarida uy sharoitida davolanish mumkin?  Cog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi, Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Nodir Haydarov vazirlik Matbuot xizmatining yuqoridagi savollariga javob berdi:

—  Koronavirusning bugungi kunda besh xil turli darajalari mavjud:

  • Simptomsiz  
  • Engil  
  •  O`rta og`ir  
  • Og`ir  
  •  O`ta og`ir

 1. Simptomlarsiz darajasi — bunda hastalik sezilarsiz belgilar beradi. Masalan, bir, ikki marta tanada holsizlik, noqulaylik tuyilishi, yo bo`lmasa bir marotaba haroratning 37 darjaga chiqishi holati yuz berishi mumkin. Ammo ushbu holatda PZR tekshiruvidan o`tganda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlanishi mumkin.  

Реклама на Unews

2. Engil daraja —  haroratning 38 darajagacha ko`tarilishi, tomoqning qichishi, vaqti-vaqti bilan yo`tal hamda tanadagi holsizlik, bo`g`imlar qaqshashi kuzatiladi.  

Qayd etilgan ushbu ikki bosqichda uy sharoitida oilaviy poliklinika shifokori bilan hamkorlikda, ya`ni ularning tavsiyalari asosida davolanish mumkin.  

3. O`rta og`ir daraja — bunda yuqorida qayd etilgan belgilar kuchaygani uchun bemorning shifoxonaga yotqizilishi tavsiya etiladi. Bunday bemorlarga qat`iy tartibdagi davolanish choralari va doimiy mutaxassislar nazorati kerak bo`ladi.  

Реклама на Unews

Shuningdek, havflilik darajasi yuqori bo`lgan kishilar: ya`ni bemorlarning yoshi 50-60 va undan katta bo`lganda yoki virusga chalingan kishining yondosh kasalliklari bo`lsa, homilador ayollar va bolalarda koronavirus aniqlansa, ularga o`rta og`ir daraja belgilanib stansianar davolash uslubi qo`llaniladi.  

4. Og`ir daraja — bunda bemorlarda yuqoridagi belgilar yaqqol namoyon bo`lishi bilan birga nafasning o`tkir etishmovchiligi, ruhiyat o`zgarishi, xususan, o`lim talvasasi hamda barcha a`zolarida virusning ta`siri sezila boshlaydi. Ushbu holatda ham stansionar davolash yo`lidan foydalanish zarur.  

5. Kasallikning o`ta og`ir darajasida esa, bemorlar faqatgina shifoxonalarning jonlantirish bo`limlarida davolanishi kerak.  

Ta`kidlab o`tish joizki, bemorlarning qaysi darajada ekanligini faqatgina shifokorlar belgilay oladi. O`zboshimchalik bilan menda hali koronavirusning engil darajasi deya og`ir holatlarda ham uy sharoitida davolanishni davom ettirish o`zingiz va atrofdagilarning salomatligi uchun o`ta xavflidir. Shu bois, doimiy ravishda oilaviy polikinika shifokori bilan maslahatlashish va ularning tavsiyalariga amal qilishingizni so`raymiz.  

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

 
 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring