Koronavirusni “joyida” o‘ldiruvchi himoya niqobi ixtiro qilindi

Amerikalik olimlar koronavirusni yo‘q qiladigan himoya niqobini ixtiro qildi. U oddiy matodan tashkil topgan. Ushbu tadqiqot ChemRxiv saytida e’lon qilindi,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Indiana universiteti (AQSh) mutaxassislari nam bo‘lganda kichik elektr kuchlanishni keltirib chiqaradigan matodan tayyorlangan niqobni namoyish etdi. Olimlarning ta’kidlashicha, ko‘plab viruslar inson a’zolariga elektrostatik ta’sir o‘tkazish orqali birikadi. Chunki ular tanaga muvaffaqiyatli kirish uchun tuzilishlari barqaror bo‘lib qolishi kerak. Yangi turdagi niqobga borib urilgandan so‘ng, bu struktura buziladi. Bu bilan virus yo‘q qilinadi.

Mutaxassislarning dastlabki tadqiqotlariga ko‘ra, niqob poliefir matodan tayyorlanishi mumkin. Ushbu materialga ko‘p miqdordagi kumush va rux qo‘llaniladi. Shundagina ular nam bo‘lganda elektr energiyasini ishlab chiqarishga qodir bo‘ladi. So‘nggi olti yil ichida maxsus to‘qima ishlab chiqarishda ishtirok etgan Indiana universiteti jamoasi vakillari superniqob bir daqiqada virusni yo‘q qilishini aniqlashgan.

Реклама на Unews

Tadqiqotchilar AQShning oziq-ovqat va farmasevtika boshqarmasidan yangi turdagi niqobni ishlab chiqarishga rozilik kutayotganliklarini ma’lum qilishdi.

Yana 47 kishida koronavirus aniqlandi – O‘zbekiston

FVV Sirdaryoda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha yangi tafsilotlarni ma’lum qildi

Реклама на Unews

O‘zbekistonda qo‘shxotinlikka ruxsat berildimi?

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring