Koronavirusni engishga yordam beradigan 2ta samarali mahsulot ma`lum qilindi

Xalqaro ekspertlar COVID-19 bilan o`rtacha va og`ir darajada kasallangan bemorlar ishtirokida tadqiqot o`tkazdi. 

Asal va qora sedana iste`mol qilish bemorga koronavirus infeksiyasini engishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari medRxiv portalida e`lon qilindi, deya yozmoqda effect.uz.

Xalqaro mutaxassislar guruhi COVID-19 bilan o`rtacha va og`ir darajada kasallangan bemorlar ishtirokida tadqiqot o`tkazdi. Ishtirokchilarning bir qismi har kuni tana vazniga bir gramm asal va 80 milligramm qora sedanani, qolgan qismi esa – plasebo ichishdi.

Реклама на Unews

Tadqiqot shuni ko`rsatdiki, ushbu ikki mahsulotni qabul qilish bilan o`rtacha va og`ir darajadagi simptomlarni 3 va 7 kun ichida engillashishiga olib keldi va organizmdan virusni 4 kun oldin chiqarib tashlashga yordam berdi.

Olimlarning ta`kidlashicha, asal va qora sedana kombinasiyasini iste`mol qilish hech qanday salbiy ta`sir ko`rsatmadi, uni yakka o`zini yoki boshqa COVID-19 muolajalari bilan birgalikda ishlatish mumkin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring