Koronavirusga qayta chalinish mumkinligi isbotlandi!

Gonkong universiteti tadqiqotchilari koronavirusni qayta yuqtirib olish bo‘yicha dastlabki holat tasdiqlangani haqida ma’lum qildi. Bu haqda The New York Times xabar bergandeb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

33 yoshli erkakda u COVID-19’ga chalinib, kasallikdan tuzalganidan to‘rt yarim oy vaqt o‘tib yana infeksiya yuqtirib olish holati kuzatilgan. Bemor birinchi marta koronavirus infeksiyasiga chalinganida unda kasallikning yengil belgilari kuzatilgan, hozirda ushbu alomatlar ham mavjud emas.

Olimlarning fikricha, takroriy infeksiya erkak Ispaniyadan qaytganidan keyin yangi virus tomonidan qo‘zg‘atilgan. Virus genomi tekshirilganida koronavirusning ikkinchi shtammi birinchisidan farqli ekani va iyul—avgust oylarida Yevropada tarqalgan shtammga o‘xshash ekani aniqlangan.

Реклама на Unews

Avval AQSh va boshqa mamlakatlarning shifokorlari koronavirus bilan qayta kasallangan bemorlar uchrayotgani haqida ma’lum qilgan, lekin Gonkong universiteti olimlarining tadqiqotiga qadar bu holatlar rasman o‘z ilmiy tasdig‘ini topmay kelayotgandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring