Koronavirusga qarshi qo`llanilgan vaksinalar 17,6 million dozadan oshdi

O`zbekistonda koronavirusga qarshi qo`llanilgan jami vaksinalar 17,6 million dozadan oshdi.

 SSV matbuot kotibi bu haqda xabar berdi.

Unga ko`ra, 15 sentyabrda  hududlar bo`ylab 230 380 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanilgan. 

Реклама на Unews

Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar  68 096  nafarni, 
  • 2-bosqich emlanganlar  110 431  nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 51 853   nafarni tashkil qildi.

   Ayni kungacha jami 17 665 698 doza vaksinadan foydalanilgan. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 10 215 423 nafarni,  
  • 2-bosqichda emlanganlar 5 543 423 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 1 906 852 nafarni tashkil qildi.  

Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 3 432 465  nafarni tashkil qilgan.

Реклама на Unews

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

📌Andijon viloyati (27 623 doza),

📌Namangan viloyati (25 943 doza),  

📌Toshkent viloyati (22 128 doza)  band qilgan.

Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:

📌Farg`ona viloyatida 1 991 751 doza,  

📌Namangan  viloyatida 1 922 652  doza,  

📌Andijon viloyatida 1 917 833  dozani tashkil qilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring