Koronavirusga qarshi kurashda umid uchqunlari paydo bo`lgan — JSST rahbari

U haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus ma`lum qildi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Hozir dunyoda koronavirusga chalinganlar 20 millionga, qurbonlar esa 750 mingga yaqinlashmoqda, shunga qaramay:

️«Ko`pchiligingiz qayg`uda ekaningizni va bu dunyo uchun qiyin vaqt ekanini bilaman. Biroq men oydinlik kiritishni istayman: umid uchqunlari bor va mamlakat, mintaqa, shahar yoki posyolka, qaerda joylashganidan qat`i nazar COVID-19 tarqalishining oldini olish hech qachon kech emas», — deydi Gebreyesus.

Реклама на Unews

 Uning so`zlariga ko`ra, Yangi Zelandiya koronavirusga qarshi qanday kurashish lozimligi borasida dunyoga namuna bo`lgan. Mamlakat ichida koronavirus bilan yangi kasallanish holatlari 100 kundan buyon qayd etilmayapti.

JSST rahbari barcha davlatlar etakchilarini harakat qilishga, fuqarolarni esa yangi cheklov choralariga rioya qilishga chaqirgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring