Koronavirusga oid muhim xushxabar ma’lum qilindi

Koronavirus infeksiyasi so‘nggi 3 oy ichida sezilarli darajada zaiflashgan, demak kuzda epidemiyaning ikkinchi to‘lqini bo‘lmaydi. Bu haqida italiyalik taniqli virusolog, Vita-Salut San-Raffayele universiteti prorektori Massimo Klementi ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

"May oyida bizning shifokorlar kasalxonaga yotqizilgan koronavirus bilan kasallangan bemorlarning og‘irlik darajasi asta-sekin pasayishini qayd etdilar. Bu nafaqat bemorlarning qisqarishi, balki reanimasiya bo‘limida davolanishga muhtoj bo‘lganlar sonining kamayishi, xususan, pnevmoniya tufayli reanimasiyaga tushganlar soni kamaydi. Shu bilan birga, uyda davolanishi mumkin bo‘lgan yuqtirganlar soni ko‘paydi", - dedi professor.

Klementi aytishiga qaraganda, San Raffayele kasalxonasining mikrobiologiya va virusologiya laboratoriyasi xodimlari tadqiqot o‘tkazishgan. Ular 1 martdan 15 martga qadar va may oyining ikkinchi yarmida 100 nafar bemorda virus bosimini (biologik suyuqlikning ma’lum miqdorida viruslar soni)ni solishtirib ko‘rishgan. Shunda ma’lum bo‘lishicha, mart oyining boshida mart oyining boshida virus bosimi o‘nlab baravar yuqori bo‘lgan. "Bu muhim natija" dedi italiyalik olim.

"Virus bosimining pasayishi — virusning zaiflashayotganidan darak beradi. Hozircha biz buni aniq aniqlik bilan ayta olmaymiz, lekin, ehtimol, aynan shunday", - dedi shifokor.

Реклама на Unews

Klementining aytishiga qaraganda, virus jug‘rofiy joylashuvidan qat’iy nazar barcha mamlkatlarda bir xil zaiflashmoqda. "Yaqin orada yangi virus shu qadar zaiflashadiki, u odamlarda oddiy nafas olish yo‘llari shamollashini keltirib chiqaradi", - deydi virusolog.

Ma’lumot uchun, 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti butun dunyoda koronavirus pandemiyasini e’lon qilgan edi. Bugungi kunda dunyoda 7 millinan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 404 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring