Koronavirusga chalingan To‘ra Bobolov vafot etgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga chalingan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimligi ushbu xabarlarga munosabat bildirib, ularni asossiz deb inkor qildi,  deb yozmoqda  "Qalampir.uz" nashri.

Bildirilishicha, ayni damda Toshkent shahrida kasallikdan davolanayotgan To‘ra Bobolov hayot, holati yaxshi. Davolash taktikasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida olib borilmoqda.

“Vohadoshlarimizdan ayrim fuqarolar tomonidan koronavirus vahimasi fonida tarqatilayotgan bunday mish-mishlar, yolg‘on axborotlarga ishonmasliklaringizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, To‘ra Bobolov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov koronavirusga chalingani joriy yilning 18 iyul kuni ma’lum bo‘ldi.

Hokim Toshkent shahrida, Musa Yerniyazov esa Qoraqalpog‘istonda davolanyapti. Ularning holatini Frankfurt universiteti klinikasidagi Anesteziya, intensiv terapiya va kasalliklarni davolash klinikasi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Kay Zaxarovskiy, Frankfurt universiteti klinikasining anesteziologiya, intensiv terapiya va shoshilinch tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Xolger Neb tahlil qildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring