Koronavirusdan tuzalganlar atrofdagilar uchun qanchalik xavfli? Ular tashuvchi bo'lishi rostmi?

 Olimlar koronavirus infeksiyasidan davolangan bemorlar, hattoki testlar virus mavjudligini ko’rsatsa ham, boshqalarga xavf tug‘dirmasligini isbotladi. Bu haqida "Aniq.uz" nashri xabar bermoqda.

Bu haqda Bloomberg Janubiy Koreyaning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (KCDC) tomonidan o’tkazilgan tadqiqot ma'lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Mutaxassislar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotda 285ta COVID-19 dan tuzalgan, ammo tashxisi qayta tasdiqlagan bemor ishtirok etdi. Ularda kasallik tarqalish tahdidlari aniqlanmadi.

Koronavirusning tashxisi uchun standart PTsR test tizimlari virionlarning holatidan qat'i nazar - yashovchan yoki ular allaqachon o’lib bo’lganmi, baribir, borligini ko’rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, inson organizmida tirik virus yo‘q bo’lsa ham, test ijobiy bo’ladi.

Agar virus bo’lmasa, bemor hech kimga yuqtirolmaydi ham. Tadqiqotlar aynan shuni tasdiqladi.

KCDC sinovlari sinovdan o’tayotgan bemor tuzalgandan keyin ham tanasida COVID-19 virusining 80 kundan ko’proq vaqt davomida qolishligini tasdiqladi.

Shu bilan birga, bir savol ochiq qolmoqda: davolanib chiqqan bemor haqiqatan ham, koronavirusni yana yuqtirishi mumkinmi?

Olimlarning fikriga ko’ra, kasallikning rivojlanishi bilan bemorning tanasida virusga qarshi antitanachalar hosil bo’ladi, ular COVID-19 ning qayta infeksiyaga chalinishdan himoya qiluvchi qobiqni yaratadi. Biroq, hozircha bu ilmiy jihatdan isbotlanmagan.

Tashkent City bugundan yana ochildi

Pandemiyadan so‘ng dunyodagi qancha odam o‘ta kambag‘allashadi?

Реклама на Unews

Farrux Soipov: "Shou biznesdagilarga tavba qiling, degim keladi" (video)

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring