Koronavirusdan tuzalgan odam necha kundan keyin yuvinishi mumkin?

Koronavirus bilan kasallangan odam kasalxonadan tuzalib chiqqach, necha kundan keyin yuvinishi mumkin? 

Bu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva javob berdi:

Kelib chiqish sabablari turlicha bo‘lgan pnevmoniyalardan keyin tiklanish davri bir muncha uzoq muddat talab qiladi. Tiklanish davri muddati har bir bemorda turlicha bo‘lib, bu bemorning yoshiga, organizmining umumiy holatiga va yondosh surunkali kasalliklar mavjudligiga bog‘liq. Stasionar davodan so‘ng bir necha kun uy sharoitiga ko‘nikish va undan so‘ng yuvinish mumkin bo‘ladi. 

Реклама на Unews

Hozirgi kunda bemorlarga dezinfeksiyalovchi salfetkalar yoki issiq suvda namlangan sochiq bilan artinish tavsiya beriladi. Bu holatda xonada oynalar yopilgan bo‘lishi zarur, ya’ni yelvizak bo‘lmasligi lozim. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring