Koronavirusdan sog‘ayganlarda butun umr qanday asoratlar qolib ketishi ma'lum qilindi

Koronavirusdan sog‘ayganlarda butun umr qanday asoratlar qolib ketishi ma'lum qilindi. Bu haqda "Daryo" nashri The Daily Telegraph axborotiga tayanib xabar qildi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Ma'lum qilinishcha, ushbu kasallikdan sog‘ayganlar butun umr o‘pka yallig‘lanishi, surunkali charchoq va ruhiy kasalliklardan aziyat chekishi mumkin. Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatkanki, ushbu kasallik o‘pkada yara to‘qima vujudga keltiradi va bu nafas olish funksiyasining buzilishiga hamda qonning kislorod bilan yaxshi to‘yinmasligiga olib keladi.

Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash milliy xizmati mutaxassislarining aytishicha, ularda sog‘ayganlarning yarmida jismoniy, kognitiv va ruhiy kasalliklar yuzaga kelgan bo‘lsa, 70 foizi alahsirashdan aziyat chekishi mumkin. SHuningdek, har o‘n bemorning bittasida o‘tkir yurak kasalligi aniqlangan.

Bundan tashqari, ushbu kasallik Alsgeymer kasalligiga ham olib kelishi mumkin bo‘lgan miya sohasiga ham shikast yetkazishi mumkinligi to‘g‘risida ma'lumotlar borligi ta'kidlanmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring