Koronavirusdan samarali himoya qiladigan tibbiy niqob qanday bo‘lishi kerakligi aytildi

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari COVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infeksiyasidan himoyalanishda eng yaxshi samara beradigan tibbiy niqob qanday bo‘lishi lozimligini ma’lum qildi. Bu haqda ScienceDaily xabar bergan,  deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Tadqiqotchilar uch xil turdagi tibbiy niqobni o‘zaro solishtirgan: bir qavatli qo‘lbola niqob, ikki qavatli ipak niqob hamda uch qavatli jarrohlik niqobi.

Olimlar o‘z tajribasi uchun yuqori yoritish tizimiga ega maxsus diod chiroqlaridan va yuqori tezlikda tasvirga tushiradigan kameradan foydalangan. Ular mazkur qurilmalar yordamida suhbat davomida mikroskopik tomchilar, yo‘tal va aksa urish zarralarining har bir turdagi niqobdan o‘tishini kuzatgan.

Videoyozuv uch qavatli jarrohlik niqobi eng samarali himoya vositalaridan biri ekanini ko‘rsatgan, lekin bir qavatli tibbiy niqob ham tarqalayotgan zarra tomchilar sonini kamaytira olgan.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, niqobning himoyaviy xususiyatlariga unga ishlatilgan xom ashyo, dizayn, yuzga qay darajada yaqin taqish va niqobning yuvilish holati ham ta’sir ko‘rsatadi.

Avstraliyalik olimlar fikricha, qo‘lbola niqoblarni ham ikki qavatli ipak materialdan tayyorlash lozim.
Avval 25 iyulda Lissabondagi molekular tibbiyot instituti mutaxassislari SARS-CoV-2 koronavirusini yo‘q qila oladigan tibbiy niqob yaratgan. Niqob ko‘p martalik shaxsiy himoya vositasi bo‘lib, maxsus suv o‘tkazmaydigan bir necha qavatdan iborat.

Shuningdek, may oyida Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi (JAMA) jurnalida chop etilgan Ayova shtati olimlar guruhi tadqiqotlarida koronavirusdan himoyalanish uchun tibbiy niqoblardan ko‘ra plastmassadan yasalgan qalqonlar ko‘proq samara berishi qayd etilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring