Koronavirusdan himoyalanish uchun uch marta emlanish kerak – Bill Geyts

Microsoft asoschisi Bill Geytsning fikricha, koronavirusdan himoyalanish uchun insonlar uch marta emlanishi kerak, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchinchi vaksina mutatsiyaga uchragan virusdan himoya qiluvchi preparat bo‘lishi mumkin. 

"Hozirgi asosiy savol, bu bizda mavjud vositalar va usullar bilan universal emlashni ta’minlash kerakmi yoki uch bosqichda emlash kerakmi yoki vaksinani o‘zgartirish kerakmi?" degan Geyts. 

Реклама на Unews

Geytsning so‘zlariga ko‘ra, hozirda AQSHning barcha vaksinalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalari yangi shtammlar uchun qo‘shimcha dori vositalarini yaratish zaruriyatini o‘rganmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring