Koronavirus: Yangi Zelandiyada 102 kundan keyin yana karantin joriy qilindi

Yangi Zelandiyada 102 kundan beri koronavirusdan holi hudud bo‘lib kelayotgandi. Afsuski, 11 avgust kuni bu mamlakatda aholi orasida koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Shu sababli Yangi Zelandiya Bosh Vaziri Yakinda Ardern mamlakatning eng katta shahri hisoblanuvchi Oklandda karantin joriy qildideb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Ardernning ma’lum qilishicha, Oklanddagi bitta oilaning to‘rt nafar a’zosida koronavirus aniqlangan. Hozirda kasallanishning manbasi ma’lum emas.

“102 kundan keyin bizning karantin zonalarimiz va izolyasiya markazlarimizdan tashqarida COVID-19 bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Barchamiz bunday bo‘lmasligi uchun juda qattiq harakat qilgandik. Lekin, biz hozirga holatni ham hisobga olganmiz va unga tayyormiz” deydi Ardern.

Реклама на Unews

“Iltimos, agar Oklandda bo‘lsangiz uyda qoling. Bu yerdagi maktablar ham yopiladi” deyiladi aholiga telefon orqali jo‘natilgan ogohlantirish xabarida.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring