Koronavirus uchun yangi test birdaniga 180 ming nafar kishini tekshirish imkonini beradi

Koronavirus uchun yangi test birdaniga 180 ming kishini tekshirish imkonini beradi. Platforma 6 soat davomida ma`lumotlarni aniqlab beradi – bu esa zararlanganlar soniga nisbatan tezroq munosabat bildirish imkoniyatini beradi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda

Amerika Qo`shma Shtatlarida bir necha yuz ming kishini bor yo`g`i 6 soat ichida birdaniga testdan o`tkazish imkonini beradigan koronavirus uchun yangi test namoyish etildi. Tizim navbatdagi 90 kun ichida 180 ming dona namuna uchun ta`minlab berilishga tayyor.

FDA ta`kidlashicha, pandemiya davrida maxsus e`lon qilingan yangi qoidalarga ko`ra, OU Medicine laboratoriyasi koronavirus uchun o`z diagnostik testlarini yaratishga haqli.

Реклама на Unews

«COVID-19 uchun tezkor testdan o`tkazish nafaqat musbat natijali bemorlarni davolashni tezlashtiradi, balki tibbiyot xodimlarga ularning xavfsizligi va ular bilan aloqada bo`lgan har bir kishining xavfsizligini ta`minlash uchun muntazam ravishda tekshiruvdan o`tishiga imkon beradi. Kengaytirilgan shaklda testdan o`tkazish, ko`plab bemorlarga ixtisoslashgan tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatini beradi», deya tadqiqotchilar ta`kidlamoqdalar.

Testdan o`tkazish platformasi o`rtacha 6 soat ichida natijalarni chiqarib beradi. Bu musbat test natijasi bo`lgan bemorlarni davolashni tezlashtiradi. Tibbiyot sohasidagi amaldorlar esa, AQShda koronavirus tarqalishini tezkor ravishda kuzatishi mumkin bo`ladi.

Tadqiqotchilarning ta`kidlashicha, tezkor test, kasallikni yuqtirgan odamlar sonini aniqlash va ular bilan aloqada bo`lgan kishilarni kuzatish uchun juda muhim ahamiyatga egadir. OU Medicine esa, mamlakatda infeksiyalanganlar soni minimal darajaga tushguncha testlar ishlab chiqarishda davom etadi. Bu esa davlatga pandemiya avji chiqib tugaganidan keyin qachon va qanday tarzda ishga qaytishni boshlashi mumkinligini belgilab berishda yordam beradi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring