Koronavirus tufayli amalga oshirilgan evakuasiya uchun nemislar millionlab yevro to‘lashdi

Germaniya federal hukumati koronavirus pandemiyasi munosabati bilan uyiga olib ketilishi kerak bo‘lgan chet elda dam olayotgan sayyohlardan 2,7 million yevro tovon puli oldi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Bu haqda “Bild” gazetasi Germaniya tashqi ishlar vazirligiga asoslanib xabar berdi.

Joriy yilning mart oyidan aprel oyigacha Germaniya tashqi ishlar vazirligi charter samolyotlar yordamida 240 ming sayyohni Germaniyaga evakuasiya qilgan. Oxirgi shunday samolyot 24 aprel kuni Janubiy Afrikaning Keyptaun shahridan 157 nafar Germaniya fuqarosini uyiga olib kelgan. Shundan so‘ng odamlar Germaniyaga alohida yoki kichik guruhlarda qaytishni boshlashgan.

Реклама на Unews

Buning uchun esa deyarli 94 million yevro kerak bo‘lgan.

Ushbu mablag‘ning qariyb 47 millioni Yevropa Ittifoqi orqali Germaniya federal byudjetiga to‘lanadi. Shu bilan birga, yana 47 millionini sayyohlarning o‘zlari to‘lashi kerak, shu munosabat bilan minglab hisob-fakturalar yuborilgan.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, aholi Kanar orollaridan evakuasiya qilinish uchun 200 yevro, Karib dengizidan - 500 yevro, Avstraliya va Yangi Zelandiyadan esa har biri uchun 1000 yevrodan to‘lashi kerak bo‘ladi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring