Koronavirus to‘lqinlari 2021 yilda ham davom etadimi?

Koronavirusning to‘rtinchi to‘lqinidan qo‘rqishning hojati yo‘q. Bu haqda Moskva davlat tibbiyot universiteti vakili, tibbiyot fanlari nomzodi Maksim Gultyayev ma’lumot bergan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Gultyayevning prognozlariga ko‘ra, koronavirus mavsumiydir va u asta-sekinlik bilan ortga qaytadi. 

Mutaxassis koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini bo‘lmasligiga ishonch bildirgan. 

Реклама на Unews

"Kelgusi yilni to‘liq qurollangan holda kutib olamiz. O‘ylashimcha, koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini kutilmaydi. Kasallikning mavsumiy o‘sishi, koronavirus bilan bog‘liq holatlar ko‘payishi mumkin. Ammo vaziyat unchalik qiyin bo‘lmaydi, bunday dahshatli raqamlar kuzatilmaydi", degan Gultyayev. 

Ma’lumot uchun, Rossiyada koronavirus yuqtirib olganlar 1,8 milliondan oshgan. 30 ming 793 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.

Dunyoda koronavirusga chalinganlar 51 milliondan oshgan. 1,2 million bemor vafot etgan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring