Koronavirus! Sun’iy nafas olish apparatlaridan uy sharoitida foydalanish mumkinmi?

Sun’iy nafas olish apparatlaridan uy sharoitida foydalanish mumkinmi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

O‘pkani sun’iy nafas olish apparati – o‘z nomi bilan sun’iy nafas olish uchun mo‘ljallangan va u bemorlarda mustaqil nafas olish to‘xtagandagina qo‘llaniladi. Ushbu apparat reanimasiya uchun mo‘ljallangan va juda og‘ir holatlarda inson SNO apparatiga o‘tkaziladi. 

Agar SNO apparatini xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, undan to‘g‘ri foydalanishni bilishingiz kerak va o‘pkaning sun’iy ventilyasiyasi uchun kerakli hajm va konsentrasiyasini tanlashni bilishingiz lozim. Shuni inobatga olish lozimki, o‘pkaning jarohatlanish turi va darajasidan kelib chiqib, maxsus tayyorgarlik o‘tgan shifokor har bir bemor uchun individual ravishda hajm va konsentrasiyasini tanlaydi. Bunda, o‘pkaga yuboriladigan kislorod konsentrasiyasi, tezligi va hajmi juda muhim, birgina noo‘rin amalga oshirilgan harakat o‘pkaning interstisiyasi va alveolalarni yorib yuborishi, nafas yo‘llari shilliq qavatini kuydirishi mumkin. Shu bilan bemor holatini og‘irlashtirib qo‘yish mumkin yoki o‘lim holatiga keltirish ham xech gap emas.  Shu bois, bu apparatni masus tayyorgarlikdan o‘tgan shifokorlar nazorati ostida shifoxonalarning faqatgina reanimasiya bo‘limlarida foydalanilishi lozim. 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring