Koronavirus smartfonlar ekranlarida va banknotalarda 4 haftagacha saqlanib qolishi isbotlandi

Avstraliyalik olimlar banknotalar, oyna, sensor ekranlar, metall dasta va tutqichlarda koronavirus bir oygacha qolishi mumkinligini aniqlashdi. Virus «juda bardoshli» bo‘lib, xona haroratida smartfon oynasi va banknotalar kabi silliq sirtlarda 28 kungacha «yashashi» mumkin, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Smartfonlar, bankomatlar va boshqa shunday qurilmalarning sensor ekranlari yetarlicha samarali tozalanmaydi va koronavirus tarqalishi manbaiga aylanishi mumkin. Shuningdek, koronavirusning qog‘oz pullarda uzoq vaqt «yashashi» odamlar va hattoki geografik hududlar o‘rtasida virusning faol tarqalishiga imkoniyat yaratadi.

Tadqiqotga ko‘ra, virus zanglamaydigan po‘latdan ishlangan buyumlar, polimer banknotalar, vinil va oynada 20 daraja haroratda 28 kungacha faol bo‘lib qoladi. Harorat 30 darajagacha ko‘tarilganda bu muddat bir haftaga kamayadi, 40 darajagacha oshganda esa 2 kunni tashkil qiladi. Virusning qog‘oz banknotalarda qolishi ham yuqoridagi kabi. Virus paxtada xona haroratida bir hafta, 30 daraja issiqda 3 kun va 40 darajada bir kungina “yashar” ekan.

Реклама на Unews

Koronavirusning past haroratda zanglamas po‘latda uzoq vaqt qolishi virusning go‘shtni qayta ishlash korxonalari va muzxonalarda keng tarqalishi sababini tushuntirishi mumkin va yangi hamda muzlatilgan mahsulotlarda saqlanib qolishini isbotlaydi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring