BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Koronavirus sababli O‘zbekistonning transport kompaniyalari qancha zarar ko‘rgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 may, dushanba kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi oqibatida butun dunyoda transport aloqalari deyarli to‘xtab qoldi. Sohadagi kompaniyalar bundan jiddiy zarar ko‘rmoqda. Masalan, birgina aviatsiya tarmog‘ida 2020 yil yakunigacha dunyo bo‘yicha 113 milliard dollar yo‘qotilishi taxmin qilinmoqda.

Mamlakat transport korxonalari karantin cheklovlari sababli hozirgacha 340 milliard so‘m zarar ko‘rgan. Epidemiologik vaziyat barqarorlashguncha bu raqamlar yana oshishi aniq.

Shu bois sohada pandemiyaning ta’sirini yumshatish, korxonalarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator choralar ko‘rilmoqda. Karantindan eng ko‘p zarar ko‘radigan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyatlarining 122 million dollar kreditlari to‘lov muddatlari uzaytirildi, 60 milliard so‘mlik soliq imtiyozlari taqdim etildi. Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 50 million dollar miqdorida aylanma mablag‘ sifatida foizsiz ssudalar ajratildi.

Habib Nurmagomedov va Shahram G`iyosov ishtirokidagi reklama taqiqlandi

Import benzin narxi oshishi mumkin

O‘zbekiston qamoqxonalari va ulardagi mahbuslar soni kabi ma’lumotlar maxfiylikdan chiqariladi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Bugun O`zbekistonning 6 ta viloyatida 41° issiq bo`ladi O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 26 may kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:  Bu haqida "Dasrakchi.uz" nashri xabar bermoqda. TOShKENT ShAHRI Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22°, kunduzi 36-38° bo`ladi. QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 36-41° bo`ladi. BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 36-41° bo`ladi. TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYo VILOYaTLARI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° bo`ladi. QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 36-41° bo`ladi. ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo`ladi. RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° bo`ladi. Koronavirus sababli O‘zbekistonning transport kompaniyalari qancha zarar ko‘rgani ma’lum qilindi Habib Nurmagomedov va Shahram G`iyosov ishtirokidagi reklama taqiqlandi Import benzin narxi oshishi mumkin Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring