Koronavirus! Plakvenilning bemorlarga tavsiya qilinishidan kim manfaatdor?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zolari, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdideb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Unda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Laziz To‘ychiyev gidroksixloroxin tabletkasi nega bemorlarga tavsiya etilayotgani haqida ma’lumot berdi.

– Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Turkiyaning sog‘liqni saqlash vaziri bilan muzokara o‘tkazdi. Kelishuvga ko‘ra, Turkiya sog‘liqni saqlash vazirining hisoboti bizga taqdim etildi. Bundan tashqari, gumanitar yordam sifatida bir nechta dori vositalarini O‘zbekistonga beg‘araz yetkazib berishga kelishib olindi. Shu jumladan, gidroksixloroxin preparatini ham mamlakatimizga yuborilishi bo‘yicha kelishildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta dori vositalariga juda ko‘p urg‘u berilmoqda. Turkiya davlatida sog‘liqni saqlash tizimi yaxshi rivojlangan. Shu nuqtai nazardan ularning tavsiyalariga e’tibor qaratamiz. Turklarning tavsiyalariga ko‘ra, bemorlarga ambulator holatda gidroksixloroxin berilmoqda. Shifoxonalarda ham bu tabletkadan keng foydalanilgan. Shu bilan birga, pnevmoniya holatlarida ham mazkur tabletka tavsiya etilmoqda va bu o‘zining samarasini bermoqda. Bugungi kunda Turkiya tanlab olgan davolash siyosati o‘zini mutlaqo oqlamoqda. Ularda kasallanish holati keskin kamaygan.

AQSh veb-saytidan olingan ma’lumotga ahamiyat beradigan bo‘lsak, Kosta-rika, Janubiy Koreya, Isroil, Chili, Turkiya va Rossiya Federasiyasida koronavirusni davolashda gidroksixloroxin qo‘llanilmoqda. Belgiya, Fransiya, Italiya, Angliyada bu dori vositasi qo‘llanilmayapti, shuning uchun ularda o‘lim ko‘rsatgichi ancha yuqori.

JSST tavsiyalariga juda katta urg‘u berilmoqda. Oxirgi ma’lumotlardan birida «koronavirusni davolashda gidroksixloroxindan shifokor nazoratida ishlatilishi tavsiya etiladi», degan tavsiya berilgan. Bunga asosan biz koronavirus infeksiyasini davolash bo‘yicha oltinchi qo‘llanmani ishlab chiqdik.

Bu preparat nafaqat o‘pkaning immunitetini, balki qon tomirlari, biriktiruvchi to‘qimalarni ham mustahkamlaydi, natijada koronavirusga yo‘l bermaydi. Koronavirusning yengil formasida bu preparatni, albatta, qabul qilish kerak.

Bu preparat to‘g‘risida ko‘plab munosabatlar bildirilmoqda. O‘z o‘zimizga savol berishimiz kerak, bundan manfaatdor kim? Hozirgi kungacha ishlatilgan ushbu preparat va uni analoglari Hindiston, Polsha yoki kelajakda Turkiyadan keladigan bo‘lsa, bu to‘liq gumanitar yordam hisoblanadi. Bu yerda hech qanaqa biror bir moliyaviy manfaat yo‘q. Bu bemorlar ahvolini yaxshilashga, ya’ni koronavirusning yengil holati og‘irlashmasligi uchun ushbu dori vositalari taqdim etilmoqda. Demak, bundan manfaatdor bemordir. Oldimizga manfaatdor bemor – manfaatdor fuqaro, degan maqsad qo‘yib oltinchi qo‘llanmani tayyorladik.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring