Koronavirus! Pekin "ikkinchi Uxan"ga aylanadimi?

Pekin COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalish ko‘rsatkichi bo‘yicha «ikkinchi Uxan» bo‘lmaydi. Xitoy poytaxtida COVID-19 yengil formasi tarqalishining ikkinchi to‘liqini kuzatilishi mumkin. Bu haqda XXR Sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi oliy ekspertlar guruhi a’zosi, Xitoy kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi katta epidemiologi Szen Guan ma’lum qilgan, deb yozmoqda «RIA Novosti», deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Pekinning Fentay hududidagi «Sinfadi» eng yirik ulgurji bozori vaqtincha yopilgan. Bozorning yopilishiga epidemiologik surishtiruvdan keyin import qilingan losos balig‘i taxtasida koronavirus aniqlangani sabab bo‘lgan. 13 iyunda shahar ma’muriyati ommaviy test qilish natijasiga ko‘ra, hududda COVID-19 infeksiyasining 46 nafar belgisiz tashuvchisi borligi va ular bozorda faoliyat olib borishi oydinlashgan. Fentay hududida harbiy vaqt tartibi joriy qilingan.

Shahar ma’muriyati «Sinfadi» bozorida ishlaydiganlar va 30 maydan buyon bozorga kelganlarni COVID-19 nuklein kislotasi orqali test qilish yuzasidan farmoyish chiqargan.

Реклама на Unews

14 iyunda shaharda bir sutka davomida koronavirus infeksiyasiga chalinish bo‘yicha 36 ta yangi holat aniqlangani ma’lum bo‘ldi.

«Hozircha ikkinchi to‘lqin sodir bo‘lishi haqida konsepsiya mavjud emas, bu shunchaki shartli taxmin. Ikkinchi to‘lqinning bo‘lish yoki bo‘lmasligi biz qiladigan profilaktik tadbirlarga bog‘liq. Masalan, keyingi bir nech kun davomida kasallanganlar soni o‘sishi mumkin, biroq keyin virus nazorat ostiga olinadi va yuqori emas, aksincha, past to‘lqin kuzatiladi. Pekin ‘ikkinchi Uxan’ga aylanmaydi, virus boshqa shaharlarga o‘ta boshlaganidan keyin hududni yopishga to‘g‘ri kelgandi», — deya mahalliy OAVga intervyu bergan Szen Guan.

Pekinning barcha aholisidan COVID-19’ga test olish zaruriyati haqida berilgan savolga ekspert hozircha bunga zarurat yo‘qligi, lekin tekshirishlar sonini oshirib, do‘konlardagi xodimlarni, bozor yaqinidagi umumiy ovqatlanish maskanlarini tekshirish kerakligini qayd etdi.

Реклама на Unews

Shuningdek, Szen Guan virus tashuvchisi noma’lumligi sabab xom baliqni, xususan, lososni yemaslik, dengiz mahsulotlarini yaxshilab qovurib yoki qaynatib iste’mol qilishni tavsiya etgan.

«Ayni vaqtda virusning manbasi haqida ma’lumotga ega emasmiz, lososga infeksiya odamdan o‘tganmi yoki baliq birinchi kasallanganmi bilmaymiz. Aniq javoblar olganimizdan keyin baliqni xom holatda yeyish mumkinligi haqida ma’lumot beriladi. Hozircha tekshiruv natijalarini kutishga to‘g‘ri keladi», — degan ekspert.

Epidemiolog shahar aholisiga shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, qo‘llarni tez-tez yuvish, odamlar to‘planadigan joylarda tibbiy niqobda yurish va vahimaga berilmaslikni tavsiya qilgan.

Ayni vaqtda Pekinning to‘rtta hududida epidemiologik xavf darajasi «quyi»dan «o‘rta»ga ko‘tarilgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring