Koronavirus: O`zbekistonda mart oyidan buyon eng past ko`rsatkich qayd etildi

SSV koronavirusdan kasallanish bo`yicha navbatdagi statistikani taqdim etdi.

Qayd etilishicha, kecha O`zbekistonda 125 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ta`kidlanishicha, bu  mart oyidan buyon eng past ko`rsatkich hisoblanadi.

Ma`lumot uchun,  20 dekabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 197392 (+124) nafarni tashkil etmoqda.

Реклама на Unews

Yangi kasallanish holatlarining:

📌12 nafari Andijon viloyatida,

📌13 nafari Buxoro viloyatida,

Реклама на Unews

📌1 nafari Jizzax viloyatida,

📌8 nafari Qashqadaryo viloyatida,

📌1 nafari Navoiy viloyatida,

📌4 nafari Namangan viloyatida,

📌19 nafari Samarqand viloyatida,

📌3 nafari Sirdaryo viloyatida,

📌8 nafari Farg`ona viloyatida,

📌7 nafari Xorazm viloyatida,

📌5 nafari Toshkent viloyatida,

📌43 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1465 nafarni tashkil qilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring