Koronavirus: O‘zbekistonda ilk bor bir kunda 7 o‘lim qayd etildi

22 avgust kuni O‘zbekistonda 458 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 587 nafar bemor sog‘aydi.

Реклама на Unews

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 38 532 nafar bemordan 34 576 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 689 nafar bemordan 259 nafari og‘ir, 116 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring