Koronavirus mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinmi?

Koronavirus odatiy grippga o`xshab mavsumiy kasallikka aylanish ehtimoli qanchalik to`g`ri? 

Bu savolga Shtab a`zosi Nurmat Otabekov javob berdi.

 Bunday holat bo`lishi mumkin, lekin ehtimoli haqida hozircha aniq gap aytish mushkul. Balki koronavirus haqiqatan odatiy infeksiyaga aylanib, bir odamdan boshqasiga doimiy yuqib boradi. Ehtimol, uni to`liq barataraf etish uddasidan chiqilar. Turli koronaviruslar "tarixi" ikkala natijaning ham ehtimolini ko`rsatadi.

Реклама на Unews

Ayni paytda esa ubu savolga javob — vaksinalarning qay darajada samarodor ekaniga bog`liq. 

Bir tarafdan "atipik pnevmoniya" epidemiyasini etarlicha tezkorlik bilan bartaraf etishga erishildi. Boshqa tomondan — inson populyasiyasida naq to`rt turdagi koronavirus (HCoV-229E, NL63, OC43 va HKU1) mavjud bo`lib, ular biz bilan uzoq vaqtlardan beri birga.

Yangi koronavirus kabi ular ham qachonlardir jonivorlar organizmidan inson tanasiga o`tgan. Bu XIX asrda sodir bo`lib, ushbu viruslarning donorlari ko`rshapalaklar, sigir va tuyalar bo`lgan, deya taxmin qilinadi.

Реклама на Unews

 Ilk zararlanish chog`larida bu viruslar ham hozirgi koronavirusdan qolishmaydigan asoratlarga olib kelgan bo`lishi mumkin. Shunchaki, biz bundan o`sha davr tibbiy qaydnomalari yo`qligi sabab bexabarmiz. Umr ko`rish davomiyligi ham o`tgan davrlarda hozirgidan ancha farq qilgan. Avvalgi koronaviruslar bilan qanday o`zgarishlar yuz bergan bo`lsa, yangilari bilan ham yuz berishi mumkin.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring