Koronavirus inson miyasiga qanday kirib borishi aniqlandi!

Germaniyalik olimlar koronavirus qanday qilib inson miyasiga kirib borishini aniqlashdi. Biologlarning ta’kidlashicha, infeksiya burundagi hid bilish retseptorlari orqali miyaga o‘tadi.

Shundan so‘ng asab tizimi buziladi. COVID-19 natijasida bemorda hid va ta’m sezish hislari yo‘qolishi aynan shu bilan bog‘liq.

Pandemiyaning ilk kunlaridanoq virus nafaqat o‘pka, balki tananing boshqa a’zolari, xususan mushak to‘qimalariga hujum qilishi aniqlandi. Bir qator tadqiqotlarga ko‘ra miya qon tomirchalaridagi tromb tufayli ham o‘lim holati yuzaga kelgan.

Реклама на Unews

Bugungi kunga kelib COVID-19 bilan dunyo bo‘ylab 6,7 million odam zararlandi. Shundan 394 mingi vafot etgan bo‘lsa, 2,7 million kishi tuzalib ketgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring