Koronavirus infeksiyasining ilk alomatlari paydo bo`lishi ketma-ketligi ma`lum qilindi

Mutaxassislar koronavirusga chalingan 55 mingdan ko`proq bemorning kasallik tarixini o`rganib chiqishgan. Aniqlanishicha, koronavirusga chalinganlarda dastlab tana harorati ko`tarilishi, so`ngra yo`tal paydo bo`ladi. Shundan keyin bemorlarda mushaklarda og`riq, ko`ngil aynish va ichburug` kuzatiladi. Bu haqda kun yozmoqda,  deb yozmoqda "Darakchi.uz" nashri.

Olimlarning ta`kidlashicha, ushbu yangilik shifokorlarga koronavirusni o`z vaqtida aniqlash va davolashda yordam beradi.

Avvalroq rossiyalik feldsher Anna Dmitrieva o`zining bemorlar bilan ishlash tajribasiga tayanib, hid sezish qobiliyati yo`qolganlarda deyarli 100 foiz holatda koronavirus aniqlanganini ma`lum qilgan.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, amerikalik olimlar koronavirusning yana bir noodatiy alomatini aniqlashgandi. Ularning ta`kidlashicha, uzoq davom etuvchi hiqichoq tutishi koronavirus infeksiyasidan darak berishi mumkin. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring