Koronavirus haqiqatlari: JSST Xitoyda nimalarni aniqladi?

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari Xitoyda koronavirus tarqalishi 2019 yil dekabridan, mamlakat rasmiylari buni rasman e’lon qilganidan oldin boshlangan bo‘lishi mumkinligini tan olishdi. Bu haqda Wall Street Journal JSST mutaxassislariga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, 2019 yil oxirida Uxan shahrida birinchi marta koronavirus tashxisi qo‘yilishidan ikki oy oldin Xitoyning markaziy qismidagi kasalxonaga SOVID-19 belgilariga o‘xshash alomatlari bor bemor yotqizilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ular Pekinni virusni qachon tarqala boshlaganini aniqlash uchun qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazishga ruxsat berishga majburlashdi.

Реклама на Unews

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, Xitoy hukumati so‘nggi bir necha oy ichida ushbu bemorlarning taxminan uchdan ikki qismini antitanachalarni aniqlash uchun sinovdan o‘tkazgan va virusning "izlari" topilmaganligini aytgan. Ammo JSSTning koronavirus kelib chiqishini tekshiradigan guruh a’zolarining fikricha, bu vaqt ichida antitanachalarning miqdori ularni aniqlash mumkin bo‘lmagan darajaga tushib ketishi mumkin edi.

"Qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish kerak", dedi JSST delegasiyasi rahbari Piter Ben Embarek.

Guruh a’zolari, Xitoyni 2019 yil kuzida Uxan shahrida joylashgan Xubey provinsiyasida to‘plangan qon namunalarini kengroq tahlil qilib, virus qachon aylana boshlaganini aniqlashga chaqirganlarini aytishdi.

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, Xitoy koronavirusga chalinish holatini 2019 yil dekabr oyi boshida rasman xabar qilgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring