Koronavirus: emlanish uchun 42 million dozadan ortiq vaksina qo`llanildi

SSV Matbuot xizmati xabariga ko`ra, 31 yanvarda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 97 914 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanilgan. 

Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 22 611  nafarni,

Реклама на Unews

2-bosqich emlanganlar 32 894  nafarni,

3-bosqich emlanganlar 42 409  nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 42 096 810 doza vaksinadan foydalanildi. Birinchi doza bilan emlash ko`rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 90,1 foizni, to`liq bosqichlarda emlanish ko`rsatchiki esa 68,6 foizni tashkil qilmoqda.

Реклама на Unews

Shuningdek, 31 yanvar holatiga ko`ra, yurtimizda 741 856 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlangan.  

Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 463 877  nafarni,

2-bosqich emlanganlar 277 979  nafarni tashkil qildi.

Xususan, bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg`ona (173 978 doza), Samarqand (110 393 doza), Andijon (83 032 doza), Qashqadaryo (66 164 doza), Namangan (65 121 doza) viloyatlarida yuqori ekani ahamiyatli.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring