Koronavirus! Bugun u haqda nimalar ma’lum?

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, koronavirus bilan kasallangan odamlar kasallik tufayli o‘zlarini yomon his qila boshlagan vaqtlaridan boshlab kasallik tarqatuvchi sifatida atrofdagilar uchun xatar manbaiga aylana boradilar. Bu haqda Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti vakillari tomonidan seshanba kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilingan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mutaxassisi doktor Mayk Rayanning ta’kidlashicha, yangi koronavirus yuqori nafas yo‘llarida joylashgan bo‘lib, bu boshqa viruslarga qaraganda havo-tomchi yo‘li orqali o‘tishini osonlashtiradi.

«Tasavvur qilaylik. Siz restoranda o‘tiribsiz, o‘zingizni juda yaxshi his qilayapsiz. Uyda qolishni xayolingizga xayolingizga ham keltirmayapsiz. Lekin allaqachon virusni yuqtirib olgan bo‘lishingiz mumkin. Bu degani siz virusni belgilarsiz hamtashiyotgan bo‘lishingiz ehtimoli mavjud», – deydi u.

Реклама на Unews

Shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Pokiston hukumatiga koronavirus tarqalishini oldini olish uchun maqsadli hududlarni «vaqtincha blokirovka qilish» ni tavsiya qildi. Uning fikricha, karantin cheklovlari vaqtidan oldin yumshatilsa, bu virus tarqalishining yangi to‘lqinini keltirib chiqarishi mumkin.

JSST Pokistonning aholi zich yashaydigan ikki hududi – Panjob va Sind viloyati sog‘liqni saqlash tashkilotlari bu borada tegishli bildirishnoma ham jo‘natgan. Ma’lumki, Pokiston hukumati joriy yilning 9 may kuni mavjud iqtisodiy tanglikdan kelib chiqqan holda karantin cheklovlarini bekor qilishni boshlagan edi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring