Koronavirus: Braziliyada ahvol ancha yomonlashdi

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliyada koronavirus infeksiyasi qurbonlari 41,828 kishiga yetdi. Bu haqida "Aniq.uz" nashri xabar bermoqda.

Braziliya bu borada Buyuk Britaniyani (41,566 o‘lim) ortda qoldirib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlari bo‘yicha birinchi o‘rinni AQSh egallab turibdi, bu yerda koronavirus infeksiyasidan 114 613 kishi vafot etgan.

Реклама на Unews

Aniqlangan infeksiya holatlari soni bo‘yicha ham Braziliya ikkinchi o‘rinda (828 810 yuqtirilgan), birinchi o‘rinda AQSh (2,444,572), uchinchi o‘rinda Rossiya (511,423 - shtab-kvartirasi ma’lumotlari).

Dunyo bo‘yicha 7,620,750 kishi koronavirus bilan kasallangan, 424,775 kishi vafot etgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring