Koronavirus bo'yicha yangi dalillar! Nega u aynan insonlarni “tanlamoqda?”

Avstraliyalik mutaxassislar guruhi koronavirus infeksiyasining yangi turi inson tanasiga mukammal moslashayotganidan ajablanmoqda. Bu haqda Gazeta.ru nashri yozmoqda.

Daily Mail agentligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, avstraliyalik mutaxassislar COVID-19 virusi boshqa jonivorlarga qanday moslashishini kuzatish maqsadida dunyo bo‘ylab turli jonivorlarni COVID-19 bilan kasallantirgan. Buning natijasida mutaxassislar, koronavirus shubhali tarzda odam organizmiga mukammal moslashishini aniqlashgan. Mazkur natija ularni koronavirus sun’iy barpo etilganligi to‘g‘risida shubhaga borishlariga asos bo‘lgan.

Flinders universiteti professori Nikolay Petrovskiyning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi, boshqa jonivorlarga qaraganda inson hujayralariga eng mukammal darajada moslasha oladi.

Реклама на Unews

Pertrovski, virusga insondan boshqa yuqori sezuvchanligi bor jonivor topilishidan umidvor bo‘lganini, biroq koronavirus ko‘proq insonlarni tanlayotganini bilganidan so‘ng hayratga tushganini ta’kidladi.

“Bu inson organizmida hech qachon bo‘lmagan yangi virus. Biroq u inson reseptorlari bilan aloqaga kirishishning o‘ta yuqori xususiyatiga ega. Bu juda ajablanarli”, deya alohida ta’kidladi mutaxassis.

Bu mutlaqo tasodifmi yoki COVID-19 laboratoriyada yaratilganmi? – qiziqdi Petrovski.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring