Koronavirus bolalar uchun xavfli emasmi?

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda aholidan kelgan muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

— Koronavirus infeksiyasi bolalarda yengil o‘tadi deyishadi, demak u bolalar uchun xavfli emasmi? 

— Ushbu kasallik kattalar bilan birgalikda bolalar uchun xam xavflidir, chunki bu infeksiya  biz uchun yangi. Pandemiya  boshlangan davrida bolalar kattalarga nisbatan kam kasallangandilar va nisbatan yengil o‘tkazdilar. 

Реклама на Unews

Lekin hamroh kasalliklari ya’ni rivojlanish nuqsonlari, endokrin buzilishlar,  allergik kasalliklar, onkologik patologiyalar, immuntanqis xolatlari  bor bolalarda ushbu kasallik sog‘lom bolalarga nisbatan ancha og‘ir kechadi. Bolalar yana infeksiya tashuvchilar bo‘lib xisoblanib, ularda koronovirus infeksiyasi belgilari deyarli katta farq qilmaydi – isitma, yuqori xarorat, kon’yuktivit, mushaklarda og‘riq, oshqozon-ichak trakti buzilishlari. Biroq bolalarning ota-onalari bola kasallik o‘tkazgandan keyin xam unga e’tiborli bo‘lishlari talab qilinadi. 

Olimlarning ta’kidlashicha, bolalardagi  koronovirus asoratlaridan biri bu multiyallig‘lanish sindromidir. Bu — COVID 19ga kechiktirilgan immunologik javobdir. Bu bolada kasallik simptomli yoki simptomsiz o‘tishidan kat’iy nazar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xolatdir. Ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 2-3 xafta o‘tgach, limfa tugunlarini kattalashishi, xaroratni ko‘tarilishi, toshmalar toshishi, kon’yuktivit,  kaft va oyoqlarda shish paydo bo‘lishi bilan boshlanishi mumkin.  

Agarda bolalarda bunday holatlar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish va ma’lum tekshiruvlar o‘tkazish va davolash uchun kasalxonaga gospitalizatsiya qilish tavsiya etiladi. 

Реклама на Unews

Shuning uchun ushbu kasallik bolalarda  yengil o‘tadi deb befarq bo‘lishimiz kerak emas va xozirgi kunda ularning salomatligiga e’tiborliroq bo‘lish talab etiladi. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring