Koronavirus bemorlari soni 8000 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 83 nafarga ortib, jami 8031 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 47 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 32 nafari Toshkent shahrida va 4 nafari Jizzax viloyatida aniqlandi. SHundan 18 nafari aholi orasida qayd etildi, deb yozmoqda "gazeta.uz" nashri.

29 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O’zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8031 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 47 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 32 nafari Toshkent shahrida (shundan 18 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 14 nafari aholi orasida), 4 nafari Jizzax viloyatida (barchasi aholi orasida) aniqlangan.

Khozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 2680 kishi davolanmoqda. Ulardan 19 nafar bemor og‘ir ahvolda, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 5329 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. Yigirma ikki nafar kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Ўзбекистонда коронавирус Дунёда Статистика
8 031 5 329 22 10 145 791 5 140 899 501 893
аниқланган ҳолатлар тузалганлар вафот этганлар аниқланган ҳолатлар тузалганлар вафот этганлар

Маълумотлар: Ўзбекистон Соғлиқни сақлаш вазирлиги, Джонс Хопкинс университети (АҚШ)

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring