Koronavirus: 800 dan ortiq odam kasallandi. 4 kishi vafot etdi
1920 16-07-2021 0 O'zimizda2021 yil 15 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 118 380 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 478 kishida koronavirus, 357 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 34 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 35 nafari Andijon viloyatida,
- 16 nafari Buxoro viloyatida,
- 32 nafari Jizzax viloyatida,
- 15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 14 nafari Navoiy viloyatida,
- 31 nafari Namangan viloyatida,
- 35 nafari Samarqand viloyatida,
- 19 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 31 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 33 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 12 nafari Xorazm viloyatida,
- 62 nafari Toshkent viloyatida,
- 109 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Реклама на Unews
- Andijon viloyatida 46 nafar,
- Buxoro viloyatida 15 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
- Navoiy viloyatida 13 nafar,
- Namangan viloyatida 30 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 20 nafar,
- Xorazm viloyatida 75 nafar,
- Toshkent viloyatida 32 nafar,
- Toshkent shahrida 77 nafar bemor sog‘aygan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 113261 (+320) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 789 nafarni tashkil qildi.
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.