Koreyadan ta`tilga kelib, pandemiya sababli ketolmayotgan fuqarolar charter reyslar orqali jo`nab ketdi

Pandemiya sababli mamlakatlar o`rtasida aviaqatnovlarning vaqtincha to`xtatilishi oqibatida Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida mehnat ta`tili olib O`zbekistonga kelgan ko`plab fuqarolar ish joyiga qaytib keta olmayotgan edi.  Bu haqida "Darakchi.uz" nashri yozmoqda.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan o`zaro muzokaralar natijasida mehnat ta`tiliga kelgan ana shunday fuqarolardan 31 nafari bugun tashkillashtirilgan holda Koreya Respublikasidagi o`z ish joylariga charter reys orqali jo`nab ketdi. Bu haqda Agentlik Matbuot xizmati xaba bermoqda.

Bugungi pandemiya sababli dunyo mehnat bozorida yuzaga kelayotgan inqirozli vaziyatda fuqarolarimizning xorijdagi ish joylarini saqlab qolish maqsadida olib borilgan ikki tomonlama muzokaralar natijasida fuqarolarning Koreya Respublikasiga kirib borish uchun qator qat`iy talablar qo`yilgan. Xususan, mazkur davlat hududiga kirishdan oldin fuqarolar Koreyada o`zi yoki ish beruvchisi hisobidan 14 kunlik majburiy karantin talablariga rioya qilish bo`yicha rozilik bitimini tuzishi, O`zbekistonda belgilangan tibbiy ko`rikdan o`tishlari lozim. Shuningdek, Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan fuqaroning rozilik bitimida ko`rsatilgan o`zini-o`zi yakkalash joyi o`rganiladi. O`rganish natijasiga ko`ra, fuqarolar tomonidan o`zini-o`zi yakkalash joyi karantin qoidalariga to`g`ri kelgan taqdirda, ularga Koreya Respublikasiga kirish uchun ruxsat beriladi.

Реклама на Unews

Shu bilan birga, Koreya Respublikasidagi epidemiologik vaziyat tufayli ishchi vizasiga ega fuqarolarning mamlakatga kirib borishida cheklovlar o`rnatilgan bo`lib, har bir charter reysda yo`lovchilar soni 60 nafardan oshmasligi belgilangan.

Fuqarolarning Koreya Respublikasida karantinda bo`lishi bo`yicha taqdim etgan ma`lumotlari Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan o`rganilganda, ularning ayrimlari haqiqatga to`g`ri kelmasligi, o`zini-o`zi yakkalash joyi belgilangan talablarga javob bermasligi, ish joyiga qaytish va o`zini-o`zi yakkalash masalalari ish beruvchilar bilan kelishilmagani yoki migrasiya qonunchiligini buzganligi sababli ba`zi fuqarolarga mamlakatga kirib borishga rad javobi berilgan, deyiladi xabarda.

Ma`lumot uchun, shu paytgacha Agentlik tomonidan 52 mingdan ortiq fuqarolarimiz Koreya Respublikasiga ishga jo`natilgan. Shundan 14 mingdan ortig`i ayni paytda ushbu mamlakatda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring