Ko`pchilikda kuzatilayotgan tomoq bilan bog`liq engil simptomlar koronavirusning yashirin shaklimi?

Toshkent tibbiyot akademiyasi Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi mudiri Ne`matjon Ibragimov xabar.uz saytiga intervyu berdi. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Unda shifokor, "Nega shu kunlarda ko`pchilikda tomoq bilan bog`liq engil simptomlar kuzatilyapti. Masalan, qichishish, bir-bir yo`tal deganidek, agar bu koronavirusning yashirin shakli bo`lsa, bemor atrofdagilar uchun xavflimi?" degan savolga javob berib o`tdi. 

— Bu albatta havfli. Chunki u tashuvchi bo`lib qoladi. Nega biz yosh bolalar, homilador ayollar, qariyalar, immuniteti pastlarni qayta-qayta ogohlantiryapmiz. Chunki ularda yuqtirish xavfi yuqori. Misol uchun, yana bir yaqin qo`shnimiz Qozog`istonni olaylik. Ularda ham kasallanganlar soni juda ko`payib ketyapti. Kichkina bir tumanning o`zida 30 — 37 nafargacha o`lim holati kuzatilyapti. Demak, hazillashib bo`lmaydi.

Реклама на Unews

Immuniteti kuchli, yo`ldosh kasalliklari bo`lmagan odamlar kasallikni engil o`tkazyapti. Aksariyatida dardning yashirin kechayotgani test o`tkazilishi natijasida aniqlanyapti.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring