Ko`p kvartirali uyning erto`lasidan foydalanish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (648-son, 15.10.2021 y.) bilan Ko`p kvartirali uyning erto`lasidan foydalanish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.

Nizomga ko`ra, erto`ladan foydalanish ko`p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining roziligiga asosan amalga oshiriladi.

Erto`ladan joylar faqat erto`lada shug`ullanilishi mumkin bo`lgan quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish uchun beriladi:

Реклама на Unews

● oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (do`konlar, kioskalar, do`konchalar va boshqalar);

● maishiy xizmat ko`rsatish (sartaroshxona, poyabzal tikish va ta`mirlash, optika, soat sozlash ustaxonalari, tikuvchilik va kashtachilik, atele);

● umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar);

Реклама на Unews

● bank xizmatlari ko`rsatish (banklarning bo`limlari va valyuta almashtirish punktlari);

● aloqa xizmatlari ko`rsatish (pochta bo`limi) va kurerlik faoliyati;

● gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qilish;

● bijuteriya va jevaklarni tayyorlar va ta`mirlash;

● gulchambarlar, sun`iy gullar va gul marjonlarini tayyorlash;

● rassomlik va haykaltaroshlik;

● xizmat ko`rsatish va tadbirkorlarning ofislari hamda idoralari;

● video va fotosuratga olish, kompyuter xizmatlari;

● tarjima va tahrir xizmatlari;

● dizayn, chizmachilik-grafika xizmatlari;

● kiyim-kechak va idishlarni ijaraga berish xizmati;

● rieltorlik faoliyati;

● gazlamalarga naqshlar solish, trafaretli bosma va qo`lda rasm chizish xizmatlari;

● jismoniy tarbiya va sport muassasalari faoliyati;

● davlat tashkilotlarini joylashtirish;

● sug`urta tashkilotlarini joylashtirish.

 

 Mazkur faoliyat turlarini yong`inga qarshi va texnik shartlarning minimal talablari asosida tashkil etishga ruxsat beriladi.  

️Erto`ladan foydalanganlik uchun to`lanadigan ijara to`lovlarining eng kam miqdorlari tegishlicha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

 Ijara to`lovlari ushbu ko`p kvartirali uyning umumiy mol-mulkini saqlash xarajatlariga yo`naltiriladi.

Erto`ladan foydalanuvchi tomonidan uni boshqa shaxslarga sotish, hadya etish, garovga qo`yish va ijaraga berishga yo`l qo`yilmaydi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring