Konstitutsiyaviy qonun loyihasi matni e’lon qilindi

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi matni e’lon qilindi. 

Yangi Konstitutsiyaning to‘liq matni bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasida amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritish, moddalar sonini 128 tadan 155 taga oshirish rejalashtirilgan.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarorining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudning majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda sud referendumga mone’lik qiluvchi holatlar aniqlanmadi, deb qaror qabul qildi. 

Kecha, 14 mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdi va bir ovozdan ma’qulladi. Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum shu yilning 30 aprel kuni o‘tkaziladi.

 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring