Konorning Habibni mag‘lubiyatga uchratishi aniqmi?
3641 13-05-2020 0 SportRossiyalik va irlandiyalik MMA jangchisi Artyom Lobov do‘sti Konor Makgregorning rossiyalik Habib Nurmagomedov ustidan g‘alaba qozonishiga ishonmoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.
Lobovning aytishicha, Makgregor yaxshi tayyorlansa kifoya. Uning ta’kidlashicha, biznesni rivojlantirish zarurati tufayli irlandiyalik sportchi to‘liq mashg‘ulot o‘tkaza olmagan. "Agar hamma narsa joyida bo‘lsa, biz olti oy davomida to‘xtovsiz tayyorlanamiz, keyin Konor uchun g‘alaba ancha osonlashadi", — deya qo‘shib qo‘ydi Lobov.
Lobovning fikricha, Makgregor allaqachon Nurmagomedovni to‘xtatishga qodir bo‘lgan. "Agar Konor to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘ra olsa, uning g‘alabasiga aminman", — deya xulosa qildi u.
Koronavirus: Qo‘shnilarda ahvol qanday?
Toshkent hokimligi aholini ogohlantirdi
Navoiydagi masjid sel ostida qoldi (FOTO)
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!