Konor MakGregor: Xabibda men bilan revanshga kirish uchun jur’at yetishmaydi

"Fighttime" nashri Konor MakGregor bilan intervyusini e’lon qildi. Irlandiyalik sportchidan jurnalist Xabib bilan revansh haqida so‘radi: "Menga uning revansh xususidagi gaplari shuni anglatmoqdaki, Xabib men bilan jang qilmoqchi emas, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Ammo men bu borada doim tayyorman. Men hozirgi vazn toifamdan mamnunman. U bilan jang qilishni kutib yashamoqchi emasman. Oldimda yetarlicha katta bahslar bor.

Bizning divizionda kuchli jangchilar yetarli. Chendler va Xuker yaqinlashib kelayotgan "UFC 257" turnirida to‘qnash keladi. Jastin, Oliveyra, qaytayotgan Neyt Diaz va boshqa jangchilar bilan kurash olib borish qiziqarli.Xabibga esa qayta jangga kirish uchun jur’at yetishmaydi", - dedi MakGregor

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring