Konor Makgregor «Chelsi»ni sotib olmoqchi

Irlandiyalik UFC jangchisi Konor Makgregor Londonning «Chelsi» klubini sotib olishga tayyorligini aytdi.

«Men 3 milliard funt sterlinglik taklifimni bildiraman», — deb yozgan Makgregor tvitterda.

«Ko‘klar»ning hozirgi egasi Roman Abramovich bo‘lib, u 2003-yilda «Chelsi»ni 140 million funtga sotib olgan.

Реклама на Unews

O‘shandan beri London klubi besh marta Angliya Premer-ligasi (APL) chempioni bo‘ldi, ikki marta Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi, besh marta Angliya kubogi va uch marta Angliya Ligasi kubogini qo‘lga kiritdi. Fevral oyida «ko‘klar» klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Avvalroq, rossiyalik milliarder Roman Abramovich sanksiyalar qo‘llanilishi ortidan xorijdagi aktivlarini shoshilinch sotishga kirishgani ma’lum bo‘lgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring