BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Konor chempionni jangga chorladi

Ikki vazn toifasidagi UFC sobiq chempioni Konor Makgregor o‘zining Instagram sahifasida yengil vaznning amaldagi chempioni, braziliyalik Charlz Oliveyrani osonlikcha mag‘lub etishini ma’lum qildi.

Konor Oliveyraning futbolchi Neymar bilan tushgan suratini ilova qilib, “Men ikkalasini ham chekib yuboraman”, deya yozib qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Oliveyra rossiyalik Habib Nurmuhamedovdan so‘ng yengil vaznda vakant qolgan chempionlik kamarini amerikalik Maykl Chendlerni mag‘lub etib, qo‘lga kiritgan edi.

Charlz so‘nggi jangini 2021 yilning 11 dekabr kuni UFC 269 turniri doirasida AQSH vakili Dastin Porega qarshi o‘tkazib, bo‘g‘ish uslubi orqali g‘alaba qozongan.

Hozirda Makgregor musobaqalarda ishtirok etmayapti, chunki u 2021 yil 11 iyul kuni o‘tkazilgan UFC 264 turnirida aynan Dastin Porega mag‘lub bo‘lgan edi.

Olimpiada ilk bor Afrika qit’asida o‘tkazilishi mumkin Qora qit’aning tarixiy mamlakatlaridan biri – Misr 2036 yil bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarini o‘zida qabul qilmoqchi. Bu haqda mamlakat sport vaziri Ashraf Sobhi ma’lum qildi. Sobhining ta’kidlashicha, Misr bu borada Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga rasmiy xat jo‘natishga tayyor. Qayd etish joiz, XOQ prezidenti Tomas Bax Afrika mamlakatlarining bunday tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi haqida anchadan buyon gapirib keladi. Chunki, hozirgacha ushbu qit’a mamlakatlari hech qachon Olimpiya o‘yinlarini qabul qilmagan. Hozirda Qohiradan 45 km uzoqlikda “Misrning Xalqaro Olimpiya shaharchasi” nomli yirik sport kompleksini qurish ishlari olib borilmoqda. U yerda Olimpiya shaharchasi va 90 ming o‘rinli, asosiy marosimlar o‘tkaziladigan bosh stadion, suzish havzasi va tennis kortlari qad rostlashi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, Misrdan tashqari Hindiston, Rossiya, Ukraina, Turkiya va Ispaniya ham 2036 yilgi Olimpiadani qabul qilish niyatida ekanini ma’lum qilgan. Eslatib o‘tamiz, Afrika davlatlari orasida so‘nggi bor Keyptaun (Janubiy Afrika) shahri 2004 yilgi Olimpiadani qabul qilish uchun kurash olib borgan. Biroq, yakunda mezbonlik Olimpiada vatani hisoblangan Afina shahriga berilgan. Ma’lumot uchun, 2032 yilgi Olimpiya o‘yinlari mezbonligi Avstraliyaning Brisben shahriga ishonib topshirilgan. Bungacha Pekin-2022, Milan-2026, Barselona-2030 qishki, Parij-2024 va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan edi.
Alisher Usmonovning rafiqasi hukumatga murojaat bilan chiqdi Rossiya badiiy gimnastika federatsiyasi (RBGF) prezidenti Irina Viner-Usmonova mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli yopilgan o‘quv inshootlarini ochishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. “Biz karantin davrida sport mashg‘ulotlarini davom ettirishimiz kerak. Har bir bazada chiroyli maydonlar, ajoyib stadionlar, yurishingiz mumkin bo‘lgan joylar bor va, albatta, mashq qilish juda muhim, buni ta’minlash kerak”, dedi Viner-Usmonova. Uning so‘zlariga ko‘ra, sportchilar o‘z holatlarini saqlab qolish uchun mashg‘ulotlarda faol qatnashishlari zarur. “Agar biz bu sportchilarni karantindan keyin butunlay boshqa joyda ko‘ramiz. Bular faollikka muhtoj bo‘lgan yoshlardir”, dedi RBGF rahbari. Mart oyi oxirida Sport vazirligi Rossiyadagi barcha sport tadbirlarini to‘xtatib turish yoki bekor qilishni, shuningdek, bolalar sport maktablari uchun cheklangan rejimda ishlashni tavsiya qildi. Sport vaziri Oleg Matitsin bolalar murabbiylaridan shogirdlarini qo‘llab-quvvatlashlarini va ota-onalar bilan muntazam aloqada bo‘lishlarini so‘radi. COVID-19 pandemiyasi tufayli Rossiyada barcha o‘quv muassasalari yopildi. Rossiya terma jamoalarini yirik xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun yetakchi baza bo‘lgan Novogorsk o‘quv markazi bundan istisno qilindi. Sportchilar va murabbiylar majmuada xavfsiz holatga keltirildi. Ma’lumot o‘rnida, Irina Viner-Usmonova asli o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik miliiarder Alisher Usmonovning rafiqasi hisoblanadi.  O‘qituvchi onlayn darsni tomda, quyoshning issig‘ida olib boryapti (video) Abituriyentlar diqqatiga! «Ma’rifat» gazetasida test savollari e’lon qilinadi Oliy sud: Yulduz Usmonovaning ishi yuzasidan materiallar sudga kelib tushmagan Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring