Kollej va texnikumlarga kirish uchun imtihon o‘tkazish tartibi belgilandi

O‘zbekistondagi kollej va texnikumlarga qabul test sinovlari joriy yilning 20 noyabridan 30 noyabrga qadar (30 noyabr kuni ham) o‘tkaziladi. bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 7-son bayonida belgilandi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Davlat komissiyasining bayoniga muvofiq 128 ta kollej va 50 ta texnikumga kirish istagida bo‘lgan jami 200 ming nafardan ortiq abituriyentga test sinovi o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Test sinovlari katta sig‘imli binolarda kuniga ikki smenada o‘tkaziladi va abituriyentlardan test sinovlari o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelishlari talab etiladi.

Реклама на Unews

Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga abituriyentlar pasporti va ruxsatnomasi orqali kiritiladi.

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, topshiriqlar soni hamda ularni baholash mezonlari

Test sinovlari mutaxassisliklarga mos 2 ta fandan o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi. Test topshiriqlari soni har bir fan bo‘yicha 30 tadan, jami 60 tani tashkil etadi.

Реклама на Unews

Bunda, ballar quyidagicha belgilanadi:

•    fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.2 balldan. Maksimal ball – 96 ball.

•    fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.1 balldan. Maksimal ball – 93 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.

Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratiladi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom”ning 2-ilovasida “Professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni test sinovlari orqali qabul qilish tartibi” belgilab berilgan xabar qilingandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


4 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 19-11-2020 jasurbek

    kollijga kirish

    Javob yozish
  2. 18-11-2020 Mahina

    Texnikumdan ruxsatnoma qayerdan olish kerak.oldindan raxmat

    Javob yozish
  3. 18-11-2020 Марина

    Асалому алейкум. Мен Сурхондарье Термиз шахрида тураман каерга бориб тест имтихонидан утсам булади

    Javob yozish
  4. 18-11-2020 Azamat

    Qarshi med texnikum imtihoni qachon

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish