Kobulda o‘quv markazi portlatildi, o‘ttizdan oshiq kishi qurbon bo‘lgan

Kobulning Dashti-Barchi kvartalidagi «Kaj» o‘quv markazida kuchli portlash sodir bo‘ldi.

Bu hududda odatda shia hazoralari istiqomat qilib keladi.

«Tolibon» harakati portlash faktini tasdiqladi, biroq tafsilotlarni keltirmagan. OAVda tarqalgan kadrlarga qaraganda, o‘nlab odamlar qurbon bo‘lishi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 20 kishi halok bo‘lgan va 30 kishi yaralangan.

Реклама на Unews

RIA «Novosti» esa 32 kishi o‘lgani va 40 kishi yaralanganini ma’lum qilmoqda. 

Hodisa sababchisi kirish imtihonlari bo‘layotgan hududga kirib o‘zini portlatib yuborgani aytilmoqda. 

Hozirda bironta tashkilot portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganicha yo‘q. 

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring