Klopp: "Qur’ada bizga "Real" tushganidan xursandmiz"

"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp Chempionlar ligasi 1/8 finaliga tashlangan qur’a haqida fikr bildirdi.
"Qizillar" ushbu bosqichda "Real"ga qarshi o‘ynashadi.

"Bu haqiqiy Chempionlar ligasi. Qur’adan hamma xursandligi ma’lum. "Real" bilan finallarda to‘qnash kelganmiz. Bu o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapman.

"Real"ning yevrokuboklardagi natijalari juda zo‘r. Buni bilamiz. Ammo bizdagi vaziyat unchalik yomon emas. Raqib "Enfild"da o‘ynashiga to‘g‘ri keladi va bu nima ekanligini yaxshi tushunayotgan bo‘lsangiz kerak.

Qur’adan rostdan ham xursandman. O‘yinlargacha bir necha oy vaqt bor, ammo bu bahslarda qanday atmosfera bo‘lishini tasavvur qilish qiyin emas.

Ungacha yirik bahslarda ishtirok etamiz, shu sababli har bir o‘yinga alohida yondoshamiz
" - deydi Klopp.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring