"Kitobning karantinga olingani faqat va faqat ehtiyot chorasi, xolos". Hokim kasallik aniqlanmagan tumanning nega karantinga olingani haqida

Avval xabar berganimizdek, Kitob tumanida kronavirus bilan kasallanganlik  bo`yicha  gumonlanish holati qayd etilgani sababi bilan 31 may kunidan boshlab hudud karantinga olingan edi. O`sha shubhadagi shaxs vafot etgan bo`lib, SSV marhumda koronavirus infeksiyasi aniqlanmaganini, bemor boshqa kasallikdan vafot etganini ma`lum qildi. Biroq, ayni paytga qadar Kitob tumanida kuchaytirilgan tartibdagi karantin tadbirlari olib borilmoqda. Ushbu holat esa kasallik aniqlanmagan bo`lsa, nega hudud shu qadar qat`iy karantinga olinmoqda degan turli savol va tushunmovchiliklar, shuningdek, turli shubhalarga sabab bo`lmoqda. Bu haqida "Darakchi.uz" nashri xabar bermoqda.

Ayni paytda Kitob tumani hokimi tuman bilan bog`liq vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida murojaat bilan chiqdi:

"O`zingiz guvohi bo`lyapsizki,  bir necha kundan buyon tumanimiz hududida koronavirus kasalligini yuqishi xavfining oldini olish uchun KARANTIN talablari ma`lum darajada kuchaytirildi.

Реклама на Unews

Buning, ortidan aholi o`rtasida asossiz mulohazalar yuritish va biroz vahimaga berilish holati kuzatilmoqda.

Haqiqatga tik qarash va vaziyatni to`g`ri talqin qilish, kasallik yuqtirib olmaslik uchun e`lon qilingan tavsiyalarni har birimiz o`z shaxsimiz misolida bajarishimiz avvalo, bu — salomatligimiz kafolati bo`lib xizmat qiladi.

Sanitariya - gigiena qoidalari va ko`chada harakatlanish tartibiga amal qilmaslik muammoning yuzaga kelishi hamda KARANTIN MUDDATINI uzaytirishga sabab bo`ladi.

Реклама на Unews

Hokimlikning ijtimoiy tarmoqdagi kanallari orqali berilayotgan ma`lumotlar har taraflama asoslangan rasmiy axborot hisoblanadi.

Virus bilan hazillashish yoki aholidan nimanidir yashirish esa tushunmovchilikni ko`paytirishi va xavfni oshirishi mumkin, xolos!  

Tumanimizdan bir necha fuqarolar vaqtinchalik karantinga olingan bo`lib,ularning tahlil natijalari kutilmoqda.

Bunday vaziyat, har tomonlama hushyorlikni oshirishni, boshqalar salomatligini qattiq himoya qilishni taqozo etadi.

Men, tuman hokimi sifatida shuni aytishim mumkinki, bugungi kunda  tuman hududida kuchaytirilgan karantin holati faqat va faqat profilaktika, ya`ni EHTIYoT ChORASI, tarzida amalga oshirilayotgan tadbirlardir.

HOZIRChA, VAHIMAGA O`RIN YO`Q‼️

Ammo takror bo`lsa ham aytaman, albatta, har biringiz o`zingiz va oilangiz sog`ligi uchun tuman hududida amal qilib turgan tartibga rioya etishingiz talab etiladi", deyiladi tuman hokimi Alisher Zokirov murojaatida. 

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring